▶ Watch on YouTubeVa nihoyat, bir necha oydan so‘ng “Lolazor” jamoasi to‘liq tarkibda yig‘ildi. Podkastimizning yangi sonida Toshkentdagi uy-joy oldi-sotdisi va qurilishi, ijara bozori, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi formasi, shaharlarimizda sezilmayotgan Jahon chempionati shukuhi, kichik biznesga oid qabul qilingan qaror, Armanistondagi so‘nggi voqealar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Aytgancha, podkastimizning 61-sonida obunachilar uchun e’lon qilingan tanlov natijasini ham e’lon qildik – iPhone Air g‘olibi aniqlandi. Uni video davomida ko‘rishingiz mumkin.