▶ YouTube’da ko‘rishPodkastimizning 64-sonida taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov mehmon bo‘ldi (diqqat: suhbat 6-iyun kuni yozib olingan). Biz ustoz sharhlovchining Amerika safari oldidan futbol, xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi, O‘zbekiston chempionati, Jahon chempionati favoritlari haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, podkast davomida Xayrulla Hamidovning ozodlikdan mahrum qilingan yillari, “Real” – “Barsa” fenomeni, adabiyot va boshqa qiziqarli mavzulardagi mulohazalarni ham tinglashingiz mumkin.